• 55-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari
  • I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    54-modda. Mutaxassis
    Maslahatlar (tushuntirishlar) berish va ilmiy-texnika vositalarini qo‘llashda yordam ko‘rsatish
    yo‘li bilan dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda ko‘maklashish maqsadida fan, texnika, san’at
    yoki hunar sohasida maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, voyaga yetgan, ish natijasidan
    manfaatdor bo‘lmagan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud
    tomonidan mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin.
    Mutaxassisni sud majlisida ishtirok etish uchun jalb qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
    Sudning mutaxassisni chaqirish haqidagi talabi uning ish beruvchisi uchun majburiydir.
    Sud mutaxassisni tarafning iltimosnomasiga ko‘ra ham jalb etishga haqli. Ishda ishtirok
    etuvchi shaxslar maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan aniq shaxsni mutaxassis sifatida jalb
    etish to‘g‘risida sudga iltimosnoma berishi mumkin.
    55-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari
    Mutaxassis sifatida chaqirilgan shaxs: qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; agar tegishli
    bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishni rad qilish; sudning ruxsati bilan
    protsessual harakat ishtirokchilariga savollar berish; protsessual harakat ishtirokchilarining e’tiborini
    o‘zining dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda, ilmiy-texnika vositalarini qo‘llashda, ekspertiza
    tayinlash uchun materiallar tayyorlashda ko‘maklashish chog‘idagi harakatlari bilan bog‘liq
    holatlarga qaratish; o‘zi ishtirok etgan protsessual harakat bayonnomasi, shuningdek sud majlisi
    bayonnomasining tegishli qismi bilan tanishish va uning ishtirokida amalga oshirilgan
    harakatlarning kechishi hamda natijalari qayd qilinishining to‘liqligi va to‘g‘riligi xususida
    bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan arzlar va fikrlarni bildirish; agar ish yuritishda ishtirok etish
    uning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, protsessual harakatlarni amalga oshirishdagi ishtiroki
    bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni qoplanishi va bajargan ishi uchun pul mukofoti olish huquqiga ega.
    Mutaxassis sifatida jalb etilgan shaxs: sudning chaqiruvi bo‘yicha kelishi; protsessual
    harakatlarni amalga oshirishda va sud muhokamasida maxsus bilim, ko‘nikmalardan va ilmiy-
    texnika vositalaridan foydalangan holda ishtirok etishi; maslahatlar berishi va o‘zi bajarayotgan
    harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi shart.
    Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sudning chaqiruvi bo‘yicha kelmasa,
    shuningdek maslahatlar (tushuntirishlar) berishni asossiz ravishda rad etsa, unga nisbatan ushbu
    Kodeksda belgilangan tartibda jarima solinishi mumkin.
    Jarima solinishi mutaxassisni kelish va maslahatlar (tushuntirishlar) berish majburiyatidan
    ozod qilmaydi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish