• 61-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish
  • -modda. Shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillik




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    60-modda. Shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillik
    Ishonch bildiruvchi o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish
    uchun sudda ish yuritishni shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi.
    Quyidagilar shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil bo‘lishi mumkin:
    1) advokatlar;
    2) nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan yoki yon shajara bo‘yicha qarindoshlar,
    shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari;
    3) yuridik shaxslarning xodimlari — ushbu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha;
    4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — ushbu tashkilotlar a’zolarining ishlari bo‘yicha;
    5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish huquqi
    berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;
    6) birgalikda protsessual ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning
    topshirig‘i bo‘yicha;
    7) ishni ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida
    ishtirok etishga ruxsat berilgan shaxslar.
    Sudda ish yuritish bo‘yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar
    shug‘ullanishi mumkin.
    Sud arizachining iltimosiga ko‘ra, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi
    O‘zbekiston Respublikasi 
    Qonuniga 
    muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan
    advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.


    Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokat jalb etiladigan paytga qadar sud
    ishning muhokamasini keyinga qoldiradi. Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni
    jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish
    uchun kamida to‘rt soat vaqt berilishi kerak.
    61-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish
    Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada
    ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
    Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial harakatlarni
    amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
    Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxsning vakillari tegishli organ rahbarining
    yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma bo‘yicha ish olib boradi.
    Yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, imzo yuridik
    shaxsning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
    Yuridik shaxslarning rahbarlari sudga o‘z xizmat mavqeyini yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan
    hujjatlarni taqdim etadi.
    Advokatning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillik

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish