-modda. Dalillarni taqdim etish va talab qilib olish




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/124
Sana18.05.2024
Hajmi1,69 Mb.
#241905
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   124
Bog'liq
MSIYtK

68-modda. Dalillarni taqdim etish va talab qilib olish
Taraflar o‘z talablarini yoki e’tirozlarini qaysi dalillar bilan asoslab berayotgan bo‘lsa, o‘z
ixtiyoridagi ushbu barcha dalillarni sudga taqdim etishi shart. Ma’muriy organ ham ma’muriy sud
ishlarini yuritishning barcha materiallarini taqdim etishi shart.
Agar taqdim etilgan dalillar ishni to‘g‘ri hal qilish uchun yetarli bo‘lmasa, sud o‘z tashabbusiga
yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra qo‘shimcha dalillarni talab qilib oladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar biron-bir dalilni yo‘q qilishga yoki yashirishga yoxud dalilni
tekshirishga va baholashga dalillarni olishni imkonsiz qilib qo‘ygan yoki qiyinlashtirgan holda
boshqacha tarzda monelik qilishga haqli emas. Bunday holda sud monelik qilayotgan tarafning
zimmasiga, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalardan qat’i nazar, isbotlash majburiyatini yuklatishi
mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs ishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etmayotgan shaxsdagi zarur
dalillarni mustaqil olish imkoniga ega bo‘lmasa, o‘sha dalilni talab qilib olish to‘g‘risida sudga
iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Iltimosnomada ushbu dalil bilan ish uchun ahamiyatga
ega bo‘lgan qanday holatlar aniqlanishi mumkinligi, dalilning alomatlari va u turgan joy ko‘rsatilishi
kerak.
Dalilni talab qilib olish to‘g‘risida sud tomonidan ajrim chiqarilib, unda ushbu dalilni taqdim
etish muddati va tartibi ko‘rsatiladi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga, shuningdek sud tomonidan
talab qilinayotgan dalilni saqlayotgan shaxsga, yuboriladi.
Sud talab qilayotgan dalilni saqlayotgan shaxs uni bevosita sudga yuboradi yoki sudga
topshirish uchun tegishli ajrimni taqdim etgan shaxsga beradi.
Agar shaxs sud talab qilayotgan dalilni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa yoki sud
belgilagan muddatda taqdim eta olmasa, u shu muddat ichida bu haqda sudni sabablarni
ko‘rsatgan holda xabardor qilishi shart.


Dalilni saqlayotgan shaxs talab qilinayotgan dalilni taqdim etish majburiyatini sud uzrsiz deb
topgan sabablarga ko‘ra bajarmagan taqdirda, uni saqlayotgan shaxsga ushbu Kodeksda
belgilangan tartibda jarima solinadi.
Talab qilinayotgan dalilga ega bo‘lgan shaxsga jarima solinishi uni dalilni sudga taqdim etish
majburiyatidan ozod qilmaydi.

Download 1,69 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   124




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Dalillarni taqdim etish va talab qilib olish

Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish