|
-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi)Bog'liq MSIYtK86-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi)
Mutaxassis maslahatni (tushuntirishni) sudga og‘zaki yoki yozma shaklda beradi.
Mutaxassisning yozma shaklda berilgan maslahati (tushuntirishi) sud majlisida o‘qib
eshittiriladi, tekshiriladi va ishga qo‘shib qo‘yiladi. Og‘zaki maslahat (tushuntirish) bevosita sud
majlisining (protsessual harakatning) bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.
Maslahatni (tushuntirishni) oydinlashtirish va to‘ldirish maqsadida mutaxassisga savollar
berilishi mumkin.
87-modda. Guvohning ko‘rsatuvlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha sud guvohni sud majlisida
ko‘rsatuvlar berish uchun chaqirtirishi mumkin.
Guvohni chaqirish haqida iltimosnoma kirituvchi shaxs ish uchun ahamiyatga molik qaysi
holatlarni guvoh tasdiqlashi mumkinligini ko‘rsatishi va uning familiyasi, ismi, otasining ismi va
yashash joyini sudga ma’lum qilishi shart.
Guvoh ish bo‘yicha o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar va holatlarni sudga og‘zaki xabar qiladi.
Guvoh sudning taklifiga ko‘ra o‘z ko‘rsatuvlarini yozma shaklda bayon qilishi mumkin.
Agar guvoh o‘zi bilgan ma’lumotlarning manbaini ko‘rsatib bera olmasa, u xabar qilgan
ma’lumotlar dalil hisoblanmaydi.
88-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zlariga ma’lum
holatlar to‘g‘risidagi tushuntirishlari tekshirilishi va boshqa dalillar bilan birga baholanishi lozim.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs sudning taklifiga ko‘ra o‘z tushuntirishlarini yozma shaklda bayon etishi
mumkin.
Boshqa shaxs o‘z talablarini yoki e’tirozlarini asoslayotgan faktlarning ishda ishtirok etuvchi
shaxs tomonidan tan olinishi sud uchun majburiy emas.
Sud tan olingan faktni, agar unda faktni tan olish ishning holatlariga muvofiq ekanligiga,
aldash, zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, chalg‘itish ta’sirida yoki haqiqatni yashirish maqsadida
qilinmaganiga shubha tug‘ilmasa, aniqlangan deb hisoblashi mumkin.
|
| |