• 95-modda. Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish
  • -modda. Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    94-modda. Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza
    Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza sudga ariza (shikoyat) bilan bir vaqtda
    yoki ish yuritish jarayonida berilishi mumkin.
    Dastlabki himoya to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
    1) ariza berilayotgan sudning nomi;
    2) taraflarning nomlari (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki
    yashash joyi;
    3) talab predmeti;
    4) dastlabki himoya chorasini ko‘rish zarurligining asoslantirilganligi;
    5) arizachi ko‘rishni so‘rayotgan dastlabki himoya chorasining turi;
    6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
    Arizada boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
    Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza arizachi yoki uning vakili tomonidan
    imzolanadi.
    Vakil tomonidan imzolangan arizaga ishonchnoma yoki uning arizani imzolashga bo‘lgan
    vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinadi.
    Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi iltimosnoma arizada (shikoyatda) bayon
    etilishi mumkin.
    Agar dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi iltimosnoma arizada (shikoyatda) bayon
    etilsa, mazkur iltimosnomada ushbu modda ikkinchi qismining 
    4
     va 
    5-bandlarida 
    nazarda tutilgan
    ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
    95-modda. Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish
    Ariza (shikoyat) bilan birga berilgan dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza
    arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish bilan
    bir vaqtda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
    Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza sud majlisi chog‘ida berilgan taqdirda, u
    shu majlisda ko‘rib chiqilishi kerak.
    Agar dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza ish yuritish jarayonida berilgan
    bo‘lsa, u kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
    Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim
    chiqarilib, uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
    Dastlabki himoya choralarini ko‘rish haqidagi yoki dastlabki himoya choralarini ko‘rishni rad
    etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Shikoyat berilishi
    (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish