• 100-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish huquqi
  • 101-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish muddatlari
  • -bob. Ish yuritishni to‘xtatib turish




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    9-bob. Ish yuritishni to‘xtatib turish
    99-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish majburiyati
    Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishi shart:
    1) mazkur ishni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud,
    jinoyat ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilayotgan boshqa ish
    yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov harakatlari olib borilayotgan ish yoki masala yuzasidan
    qaror qabul qilinguniga qadar ko‘rish mumkin bo‘lmaganda;
    2) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy
    munosabatlar huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa;
    3) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan fuqaro muomala layoqatini yo‘qotganda.
    100-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish huquqi
    Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishga haqli:
    1) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda;
    2) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda;
    3) arizachi bo‘lgan fuqaro davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda.
    101-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish muddatlari
    Ish yuritish:
    1) ushbu Kodeks 99-moddasining 
    1-bandida 
    nazarda tutilgan hollarda — tegishli sudning sud
    hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar;


    2) ushbu Kodeks 99-moddasining 

    va 
    3-bandlarida 
    va 100-moddasining 
    2-bandida 
    nazarda
    tutilgan hollarda — ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi aniqlanguniga, muomalaga
    layoqatsiz shaxsga vakil tayinlanguniga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan
    o‘tguniga qadar;
    3) ushbu Kodeks 100-moddasining 
    1-bandida
    nazarda tutilgan hollarda — sud tomonidan
    ekspertiza xulosasi olinguniga qadar;
    4) ushbu Kodeks 100-moddasining 
    3-bandida 
    nazarda tutilgan hollarda — ish yuritishni
    to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan holat bartaraf etilguniga qadar to‘xtatib turiladi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Ish yuritishni to‘xtatib turish

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish