• 90-modda. Sud topshiriqlari
  • 91-modda. Sud topshirig‘ini bajarish tartibi
  • -modda. Dalillarni ta’minlash




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    89-modda. Dalillarni ta’minlash


    Zarur dalillarni taqdim etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblashga asosi
    bo‘lgan shaxslar ishni o‘z yurituviga qabul qilgan suddan ushbu dalillarni ta’minlash to‘g‘risida
    iltimos qilishi mumkin.
    Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi arizada ta’minlanishi zarur bo‘lgan dalillar, tasdiqlanishi
    uchun ushbu dalillar zarur bo‘lgan holatlar, dalillarni ta’minlash to‘g‘risida arizachini iltimosnoma
    bilan murojaat qilishga undagan sabablar ko‘rsatilishi kerak.
    Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi masala ushbu Kodeksning 
    95-moddasida 
    nazarda tutilgan
    tartibda hal etiladi.
    90-modda. Sud topshiriqlari
    Ishni ko‘rayotgan sud boshqa tuman yoki shahar hududidagi dalillarni olish zarur bo‘lgan
    taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni bajarishni topshirishga haqli.
    Sud topshirig‘i to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rilayotgan ishning mazmuni qisqacha bayon qilinadi,
    aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud to‘plashi kerak bo‘lgan dalillar
    ko‘rsatiladi.
    Sud topshirig‘i to‘g‘risidagi ajrim topshiriq berilgan sud uchun majburiydir va ajrim olingan
    paytdan e’tiboran o‘n besh kungacha bo‘lgan muddatda bajarilishi kerak.
    91-modda. Sud topshirig‘ini bajarish tartibi
    Sud topshirig‘i ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha sud majlisida bajariladi. Ishda
    ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Biroq, ularning sudga
    kelmaganligi sud majlisini o‘tkazishga to‘sqinlik qilmaydi.
    Sud topshirig‘ining ijrosi to‘g‘risida ajrim chiqarilib, u ishni ko‘rayotgan sudga darhol barcha
    materiallar bilan birga yuboriladi.
    Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, sud topshirig‘ini bajargan sudga tushuntirishlar yoki
    ko‘rsatuvlar bergan guvohlar ishni ko‘rayotgan sud majlisida o‘zlari ishtirok etgan taqdirda, umumiy
    tartibda tushuntirishlar va ko‘rsatuvlar beradilar.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish