• 13-bob. Protsessual muddatlar 116-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash
  • -modda. Sud xarajatlarining taqsimlanishi




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    115-modda. Sud xarajatlarining taqsimlanishi
    Sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan talablar miqdoriga
    mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
    Hal qiluv qarori o‘z foydasiga chiqarilgan tarafga ish bo‘yicha qilingan barcha sud
    xarajatlarining o‘rni, garchi boshqa taraf davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa ham ushbu
    boshqa taraf hisobidan qoplanadi.
    Arizachi to‘lashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj
    to‘lashdan ozod qilinmagan bo‘lsa, qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda
    javobgardan respublika budjeti daromadiga undiriladi.
    Arizachining talablari u sudga murojaat qilganidan so‘ng javobgar tomonidan ixtiyoriy
    ravishda qanoatlantirilsa, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi.
    Davlat boji to‘lashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan
    yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab arz qilingan talablarni qanoatlantirish rad
    etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari ko‘zlanib ariza taqdim
    etilgan shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda
    undiriladi.
    Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risida kelishib olsa, sud ushbu
    kelishuvga muvofiq hal qiluv qarorini qabul qiladi.
    Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati berish bilan
    bog‘liq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq
    taqsimlanadi.
    13-bob. Protsessual muddatlar
    116-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash
    Protsessual harakatlar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan muddatlarda
    amalga oshiriladi, protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda esa ular sud tomonidan
    tayinlanadi.
    Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari albatta yuz berishi kerak bo‘lgan voqea
    ko‘rsatilgan aniq kalendar sana bilan yoki vaqtning harakat amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan davri
    bilan belgilanadi.
    Protsessual muddatlar yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi.
    Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning o‘tishi kalendar
    sananing ertasidan yoki boshlanishi aniqlangan voqea yuz bergan kundan boshlanadi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Sud xarajatlarining taqsimlanishi

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish