• 103-modda. Ish yuritishning tiklanishi
  • 10-bob. Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish 105-modda. Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish asoslari
  • -modda. Ish yuritishni to‘xtatib turishning huquqiy oqibatlari




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    102-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turishning huquqiy oqibatlari
    Ish yuritish to‘xtatib turilgan taqdirda, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan
    yoxud sud tomonidan tayinlangan muddatlarning o‘tishi to‘xtatib turiladi.
    Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli
    emas, bundan dastlabki himoya choralarini ko‘rishga va dalillarni ta’minlashga qaratilgan
    harakatlar mustasno.
    103-modda. Ish yuritishning tiklanishi
    Ish yuritishni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ish yuritish
    tiklanadi.
    104-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish va uni tiklash tartibi
    Ish yuritishni to‘xtatib turish, uni tiklash to‘g‘risida yoki uni tiklashni rad etish haqida sud ajrim
    chiqaradi.
    Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
    Ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi, ish yuritishni tiklashni rad etish haqidagi ajrim
    ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
    10-bob. Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish
    105-modda. Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish asoslari
    Sud quyidagi hollarda arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldiradi, agar:
    1) fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud ish yurituvida ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni
    bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;
    2) ariza (shikoyat) imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs
    tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan
    shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
    3) arizachi birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishi to‘g‘risida arz
    qilmagan bo‘lsa;
    4) arizachining manfaatlarini ko‘zlab prokuror, davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arz
    qilingan talabdan arizachi voz kechgan bo‘lsa;
    5) ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ish yuritishni to‘xtatib turishning huquqiy oqibatlari

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish