• 112-modda. Davlat bojini qaytarish
  • 113-modda. Sud chiqimlari
  • 114-modda. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni to‘lash
  • I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    12-bob. Sud xarajatlari
    110-modda. Sud xarajatlarining turlari
    Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni ko‘rish bilan bog‘liq sud chiqimlaridan iborat bo‘ladi.
    111-modda. Davlat boji
    Davlat bojini to‘lash asoslari, miqdori va tartibi, uni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib
    to‘lash, to‘lashdan ozod qilish tartibi, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi.
    112-modda. Davlat bojini qaytarish
    Davlat boji qonunchilikda belgilangan hollarda qaytarilishi lozim.
    Sud hujjatida davlat bojini to‘liq yoki qisman qaytarish uchun asos bo‘ladigan holatlar
    ko‘rsatiladi.
    Davlat boji to‘langan, lekin sudga kelib tushmagan yoki ushbu sud qaytargan arizalar
    (shikoyatlar), apellatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlariga doir davlat bojlari hamda bojni to‘liq
    yoki qisman qaytarish nazarda tutiladigan sud hujjatlariga doir sud tomonidan berilgan
    ma’lumotnomaga asosan qaytariladi.
    113-modda. Sud chiqimlari
    Sud chiqimlari sud xabarnomalari va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta
    xarajatlaridan, sud tayinlagan ekspertizani o‘tkazish, guvohni chaqirish, dalillarni joyida ko‘zdan
    kechirish, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlardan,
    shuningdek ishni ko‘rish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan iboratdir.
    Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy
    hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvarag‘iga
    kiritilishi lozim.
    Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning summasi sud
    tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha
    ushbu Kodeksning 
    115-moddasiga 
    muvofiq undiriladi.


    114-modda. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni
    to‘lash
    Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga sudga kelish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘lkira,
    xona ijarasi bo‘yicha xarajatlarning o‘rni qoplanadi va kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanadi.
    Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sudning topshirig‘i bo‘yicha bajargan ish ularning
    xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladi.
    Ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summa tegishli iltimosnoma
    bilan murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvarag‘iga
    oldindan o‘tkaziladi. Agar iltimosnoma ikkala tarafga tegishli bo‘lsa, talab qilinadigan summani ular
    teng bo‘lib o‘tkazadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to‘lanishi lozim bo‘lgan
    summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvarag‘idan to‘lanadi. Bu summalar ishda ishtirok
    etuvchi shaxslardan ushbu Kodeksning 
    115-moddasiga 
    muvofiq undirilib, sudning depozit
    hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli bo‘lgan
    summalar ular o‘z vazifalarini bajarganlaridan keyin sud tomonidan to‘lanadi.
    To‘lanishi lozim bo‘lgan summalarni to‘lash tartibi va miqdori qonunchilikda belgilanadi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish