108-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:
1) ish ma’muriy sudga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lmasa;
2) sudning ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi
va ayni bir asoslar
bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa;
3) arizachi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;
4) ishda taraf hisoblangan fuqaroning vafot etganidan so‘ng
nizoli huquqiy munosabat
huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;
5) arizachi talabidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan bo‘lsa;
6) davlat ro‘yxatidan o‘tishni rad etish yoki bundan bo‘yin tovlash to‘g‘risidagi
arizani
(shikoyatni) ko‘rilayotganda huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqqan bo‘lsa;
7) to‘plangan materiallarning yo‘qotilgan sud ishini yoki ijro ishini
yuritishni tiklash uchun
yetarli emasligi;
8) kelishuv bitimi tuzilgan va u sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa.
109-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi va oqibatlari
Ish yuritishni tugatish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Sud ajrimda ish yuritishni tugatish asoslarini ko‘rsatadi, shuningdek sud xarajatlarini taraflar
o‘rtasida taqsimlash va qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat bojini budjetdan qaytarish
to‘g‘risidagi masalalarni hal qiladi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va
ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan sudga takroran murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.