• 126 -modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish
  •  -modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi sud ajrimi




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    126 -modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi sud ajrimi
    Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi sud ajrimida ushbu Kodeksning 
    169-moddasida
    nazarda tutilganidan tashqari quyidagilar ham ko‘rsatilishi kerak:
    1) kelishuv bitimining shartlari;
    2) kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi xulosa;
    3) sud xarajatlarining taqsimlanishi;
    4) ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
    Apellatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining kelishuv bitimini tasdiqlash
    to‘g‘risidagi ajrimida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari
    ish bo‘yicha avval qabul qilingan barcha sud hujjatlarini bekor qilish haqidagi ko‘rsatma bo‘lishi
    kerak.
    Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi sud ajrimida
    kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi xulosa, shuningdek sud
    hujjatining ijro etilmasligi haqidagi shartlar ko‘rsatilishi kerak.
    Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi sud hujjatlari ustidan shikoyat berilishi (protest
    keltirilishi) mumkin.
    Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va
    muddatlarda ixtiyoriy ravishda bajaradi.
    Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi ushbu bitimda nazarda tutilgan muddatlarda
    ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, bitim ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra
    bajarilishi lozim.
    126 -modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish
    Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
    1) uning shartlari qonunchilikka zid bo‘lsa;
    2) uning shartlari uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lsa;
    3) uning shartlari ko‘rib chiqilayotgan nizo (ish) predmeti bilan bog‘liq bo‘lmasa;
    4) javobgarda ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) mavjud bo‘lmasa;
    5) bitim shart asosida tuzilgan bo‘lsa.
    Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Bunda sud muhokamasi
    umumiy tartibda o‘tkaziladi.
    Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest
    keltirilishi) mumkin.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     -modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi sud ajrimi

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish