Sud protsessi ishtirokchilari sudga “Hurmatli sud!” degan so‘zlar bilan murojaat qiladi. Ular
sudga o‘z tushuntirishlari va ko‘rsatuvlarini, savollarga javoblarini tik turib beradi. Bu qoidadan
chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Sud majlisi sudning normal ishlashini va sud protsessi ishtirokchilarining
xavfsizligini
ta’minlaydigan sharoitlarda o‘tkaziladi. Sud majlisi zalida hozir bo‘lgan hamda sudning ruxsati bilan
sud majlisining fototasvirini, videoyozuvini, radio va televideniye orqali
translatsiyasini amalga
oshirayotgan shaxslarning harakatlari sud majlisidagi tartibga xalaqit bermasligi kerak. Bu
harakatlar sud tomonidan vaqt bo‘yicha cheklanishi mumkin.
Majlis vaqtida tartib buzilgan taqdirda, raislik qiluvchi tartibni
buzgan shaxsni sud nomidan
ogohlantiradi. Tartib takroran buzilgan taqdirda, mazkur shaxs raislik qiluvchining farmoyishi bilan
sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin.
Sudning hal qiluv qarorini majlis zalida hozir bo‘lganlarning barchasi tik turib eshitadi.