-modda. Arizani (shikoyatni) qaytarish




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/124
Sana18.05.2024
Hajmi1,69 Mb.
#241905
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   124
Bog'liq
MSIYtK

134-modda. Arizani (shikoyatni) qaytarish
Sudya arizani (shikoyatni) va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) arizaning (shikoyatning) ushbu Kodeksning 
128-moddasida 
belgilangan shakli va
mazmuniga rioya qilinmagan bo‘lsa;
1 ) arizachi sudyaning ushbu Kodeks 131-moddasining 
uchinchi qismida
nazarda tutilgan
ko‘rsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan bo‘lsa;
2) o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lib, ularning ayrimlari ma’muriy
sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lsa;
3) ariza (shikoyat) imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs
yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs
tomonidan imzolangan bo‘lsa;
4) ish mazkur sudning sudloviga tegishli bo‘lmasa;
5) javobgar va uchinchi shaxslarga arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan
hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa;
6) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to‘langanligini
tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, davlat boji to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash
1


mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud
iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
7) bitta arizada (shikoyatda) bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan o‘zaro bog‘lanmagan bir
nechta talab birlashtirilgan bo‘lsa;
8) arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga qadar arizani
(shikoyatni) qaytarib olish to‘g‘risida arizachidan ariza kelib tushgan bo‘lsa;
9) ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa.
Arizani (shikoyatni) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi)
mumkin.
Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza (shikoyat) sudga dastlabki murojaat qilingan kunda
berilgan hisoblanadi.
Arizaning (shikoyatning) qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin
sudga takroran umumiy tartibda murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi.

Download 1,69 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   124




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish