• 138-modda. Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish
  • 17-bob. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash 139-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim
  • 140-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari
  • -modda. Ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    137-modda. Ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish
    Birinchi instansiya sudi ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir nechta ishni bitta ish
    yuritishga birlashtirishga haqli.
    Ishlarni birlashtirishga sudning ish ko‘rish yakuni bo‘yicha hujjati qabul qilinguniga qadar yo‘l
    qo‘yiladi. Ishlar birlashtirilganda ular bo‘yicha ish ko‘rish muddati keyinroq tayinlangan ish bo‘yicha
    belgilanadi.
    Ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
    138-modda. Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish
    Agar sud talablarni ajratib ko‘rishni maqsadga muvofiq deb topsa, u bir yoki bir nechta
    birlashtirilgan talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli.


    Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratishga ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud
    hujjati qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda yo‘l qo‘yiladi.
    Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
    Ajratilgan talab bo‘yicha ish ko‘rish muddati ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
    17-bob. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
    139-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim
    Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi, unda o‘zi hamda ishda
    ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar, ushbu harakatlar
    amalga oshirilishi kerak bo‘lgan muddatlar, sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
    Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari arizani (shikoyatni) ish
    yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimda bayon etilishi mumkin.
    140-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari
    Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida quyidagi harakatlarni ariza (shikoyat)
    kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay amalga oshiradi:
    1) ishda ishtirok etish uchun boshqa javobgarni yoki uchinchi shaxsni jalb etish masalasini
    ko‘rib chiqadi;
    2) manfaatdor shaxslarni ishni yuritish to‘g‘risida xabardor qiladi;
    3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida
    ishtirok etishga bo‘lgan huquqlari haqida xabardor qiladi;
    4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga
    muayyan harakatlarni amalga oshirishni, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatga ega
    bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishni taklif etadi;
    5) guvohlarni chaqirtiradi;
    6) ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi;
    7) taraflarga zarur dalillarni olishga ko‘maklashadi, taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha ularni
    talab qilib oladi;
    8) taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha dastlabki himoya choralarini ko‘rish va dalillarni
    ta’minlash to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi;
    9) boshqa shaxslarning ishga kirishishi, ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish yoki arz
    qilingan talablarini alohida ish yuritishga ajratish, sayyor sud majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi
    masalalarni ko‘rib chiqadi;
    10) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini
    tushuntiradi;
    11) taraflarni kelishtirish choralarini ko‘radi.
    Sudya ishning to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlashga qaratilgan boshqa harakatlarni
    ham amalga oshiradi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish