• 147-modda. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini hal qilishi
  • 148-modda. Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr, qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganligi, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga kelmaganligi oqibatlari
  • -modda. Dalillarni tekshirish




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    146-modda. Dalillarni tekshirish
    Sud muhokamasi davomida sud ish bo‘yicha dalillarni tekshiradi: ishda ishtirok etuvchi
    shaxslarning 
    tushuntirishlarini, 
    guvohlarning 
    ko‘rsatuvlarini, 
    ekspertlarning 
    xulosalarini,
    mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitadi, yozma dalillar bilan tanishadi,
    ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechiradi, shuningdek yozma shaklda taqdim etilgan tushuntirishlar,
    ko‘rsatuvlar va xulosalarni o‘qib eshittiradi.
    Audio- va videoyozuvlarni namoyish qilish sud majlisi zalida yoki ushbu maqsad uchun
    maxsus jihozlangan boshqa xonada amalga oshiriladi. Audio- va videoyozuvlar namoyish
    qilinganligi fakti sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
    147-modda. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini hal
    qilishi
    Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish to‘g‘risidagi hamda ish
    muhokamasi bilan bog‘liq boshqa barcha masalalar bo‘yicha arizalari va iltimosnomalari ishda
    ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari sud tomonidan eshitib bo‘linganidan keyin hal qilinadi.
    Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini ko‘rish natijalari bo‘yicha
    ajrim chiqariladi.
    Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini qanoatlantirish
    to‘g‘risidagi yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi xulosalari ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha
    chiqarilgan sud hujjatida bayon qilinishi mumkin.
    148-modda. Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr, qo‘shimcha dalillar taqdim
    etilmaganligi, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga kelmaganligi oqibatlari
    Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza (shikoyat) yuzasidan taqdim etishni taklif qilgan
    yozma fikr yoki qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni mavjud materiallar bo‘yicha ko‘rishga
    to‘sqinlik qilmaydi.
    Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan arizachi sud
    majlisiga kelmasa, arizachining ishni uning yo‘qligida ko‘rish to‘g‘risidagi arizasi bo‘lgan taqdirda,
    arz qilingan talab uning yo‘qligida hal qilinishi mumkin.
    Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar,
    uchinchi shaxslar sud majlisiga kelmasa, ish ularning yo‘qligida ko‘rilishi mumkin.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish