tarafning qo‘shimcha dalillar taqdim etish zarurati bilan bog‘liq holda sud muhokamasini
keyinga qoldirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi bo‘yicha;
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilayotganda videokonferensaloqa o‘rnatish
imkoni bo‘lmagan taqdirda;
taraf nizoni kelishuv yo‘li bilan hal qilish maqsadida sudga ko‘maklashishni so‘rab murojaat
etgan taqdirda, tarafning iltimosnomasiga ko‘ra.
Sud sudning majlisida ishni ko‘rish mumkin bo‘lmagan boshqa hollarda ham sud
muhokamasini keyinga qoldirishga haqli.
Sud muhokamasi uni keyinga qoldirishga asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish
uchun zarur bo‘lgan muddatga, ushbu Kodeksda sud muhokamasi uchun belgilangan muddat
doirasida keyinga qoldirilishi mumkin.
Sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Agar sud majlisida taraflar hozir bo‘lsa, sud kelgan guvohlarni sud muhokamasi keyinga
qoldirilguniga qadar so‘roq qilishga haqli. Bu guvohlarning ko‘rsatuvlari yangi sud majlisida o‘qib
eshittiriladi. Ushbu guvohlarni yangi sud majlisiga takroran chaqirish faqat zarur hollarda amalga
oshiriladi.
Ishda ishtirok etuvchi, ammo sud majlisiga kelmagan shaxslar ushbu Kodeksning
124-
moddasida
nazarda tutilgan tartibda yangi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi.
Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan tilxat
orqali xabardor qilinadi.
Sud muhokamasi keyinga qoldirilganidan so‘ng davom ettiriladi.
Zarurat bo‘lganda, ishning muhokamasi u qoldirilganidan keyin boshidan boshlanadi.