• 20-bob. Sud ajrimi va qarori 168-modda. Ajrim chiqarish
  • 169-modda. Ajrimning mazmuni
  • 170-modda. Ajrimni o‘qib eshittirish
  • -modda. Hal qiluv qarorini ijroga qaratish




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    167-modda. Hal qiluv qarorini ijroga qaratish
    Hal qiluv qarori u qonuniy kuchga kirganidan so‘ng ijroga qaratiladi.
    Idoraviy normativ-huquqiy hujjat va saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari)
    yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarga doir hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi lozim.
    20-bob. Sud ajrimi va qarori
    168-modda. Ajrim chiqarish
    Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda ajrim chiqaradi.
    Ushbu Kodeksda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda, ajrim alohida sud hujjati tarzida
    chiqariladi.
    Murakkab bo‘lmagan masalalarni hal etish chog‘ida sud ajrimni o‘z joyida chiqarishi mumkin.
    Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Ajrimlar chiqarilganidan keyin darhol o‘qib
    eshittiriladi.
    169-modda. Ajrimning mazmuni
    Alohida sud hujjati tarzida chiqariladigan ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
    1) sudning nomi, ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo
    predmeti;
    2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
    3) ajrim chiqarilayotgan masala;
    4) sudning xulosalariga olib kelgan asoslar hamda sud amal qilgan qonunlar va boshqa
    qonunchilik hujjatlari;


    5) ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha xulosa;
    6) agar qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa, ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi
    va muddati.
    170-modda. Ajrimni o‘qib eshittirish
    Sud majlisida chiqarilgan ajrim raislik qiluvchi tomonidan o‘sha sud majlisining o‘zida o‘qib
    eshittiriladi.
    171-modda. Ajrimning ko‘chirma nusxalarini yuborish
    Sud alohida sud hujjati tarzida ajrim chiqargan taqdirda, ajrim chiqarilganidan keyin besh
    kunlik muddatda uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor
    bo‘lgan boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki
    tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa ajrim elektron hujjat
    tarzida yuborilishi mumkin.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Hal qiluv qarorini ijroga qaratish

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish