• 163-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish
  • -modda. Qo‘shimcha hal qiluv qarori




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    162-modda. Qo‘shimcha hal qiluv qarori
    Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud quyidagi hollarda qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul
    qiladi, agar:
    1) ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biror-bir talab bo‘yicha hal qiluv qarori
    qabul qilinmagan bo‘lsa;
    2) sud huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilib, javobgar amalga oshirishi shart bo‘lgan
    harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa;
    3) sud xarajatlari to‘g‘risidagi masala hal etilmagan bo‘lsa.
    Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masala hal qiluv qarori qonuniy kuchga
    kirguniga qadar qo‘yilishi mumkin.
    Qo‘shimcha hal qiluv qarori ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga yoki sudning
    tashabbusiga ko‘ra qabul qilinishi mumkin.
    Sud tomonidan qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masala mazkur bobda
    belgilangan qoidalar bo‘yicha sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu
    Kodeksning 
    124-moddasida 
    nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida
    xabardor qilinadi. Biroq tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qo‘shimcha hal
    qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
    Qo‘shimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi.
    Qo‘shimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi
    (protest keltirilishi) mumkin.
    Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish rad etilgan taqdirda, ajrim chiqariladi.
    163-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish
    Hal qiluv qarori noaniq bo‘lgan taqdirda, ishni hal qilgan sud ishda ishtirok etuvchi
    shaxslarning arizasiga, shuningdek sud hal qiluv qarorining ijrosi o‘z zimmasiga yuklatilgan
    organlar va davlat ijrochisining arizasiga ko‘ra hal qiluv qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan
    holda tushuntirishga haqli.
    Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat
    ijrochisini yoki sud hujjatini ijro etish zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning
    124-moddasida 
    nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud majlisida ko‘riladi. Biroq
    mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
    Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ariza u berilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik
    muddatda ko‘rib chiqiladi.
    Hal qiluv qarorini tushuntirish haqida yoki tushuntirishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
    Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish