|
-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishBog'liq MSIYtK183-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish
bo‘yicha sudning hal qiluv qarorini e’lon qilish
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qonuniy
kuchga kirgan hal qiluv qarori sud tomonidan davlat organlarining nizolashilayotgan hujjat e’lon
qilingan rasmiy nashrlariga yuboriladi hamda ko‘rsatilgan nashrlarda darhol e’lon qilinishi lozim.
23-bob. Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular
mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
184-modda. Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular
mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi
Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor
shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlar sud
tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga ko‘ra, mazkur bobda belgilangan
xususiyatlarni inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi.
Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor
shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlar, agar
ularni ko‘rib chiqish qonun bilan boshqa davlat organlarining vakolatiga kiritilmagan bo‘lsa, sudda
ko‘rib chiqiladi.
Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor
shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
fuqarolar yoki yuridik shaxslarning (bundan buyon matnda manfaatdor shaxs deb yuritiladi)
arizalari asosida qo‘zg‘atiladi.
185-modda. Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ular
|
| |