• 179-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi
  • 180-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi arizaning mazmuni
  • I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    bo‘yicha ish yuritish
    178-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi
    ishlarni ko‘rish tartibi
    Fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga
    daxldor bo‘lgan, vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni
    (bundan buyon matnda idoraviy normativ-huquqiy hujjat deb yuritiladi) haqiqiy emas deb topish
    to‘g‘risidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalar bo‘yicha, mazkur bobda
    belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda ko‘riladi.
    179-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi
    ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi
    O‘ziga nisbatan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi tatbiq etiladigan fuqaro
    yoki yuridik shaxs mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi 
    Konstitutsiyasi 
    va qonunlari bilan
    kafolatlangan uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzgan deb hisoblasa, ushbu idoraviy
    normativ-huquqiy hujjatni to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga
    murojaat qilishga haqli.
    180-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi
    arizaning mazmuni
    Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ariza ushbu
    Kodeksning 
    128-moddasida 
    nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
    Arizada quyidagilar ham ko‘rsatilishi kerak:
    1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi;
    2) idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, e’lon qilish
    manbai va u to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar;
    3) arizachining fikriga ko‘ra, uning ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning ayrim
    qismlari bilan buzilayotgan huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari;
    4) arizachining fikriga ko‘ra, idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning alohida qismlari
    nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qaysi qonunchilik hujjatiga zid bo‘lsa, o‘sha qonunchilik
    hujjatining nomi;
    5) arizachining idoraviy normativ-huquqiy hujjatni to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topish
    to‘g‘risidagi talabi.
    Arizaga 
    ushbu 
    Kodeksning 
    130-moddasida 
    ko‘rsatilgan 
    hujjatlar, 
    shuningdek
    nizolashilayotgan normativ-huquqiy hujjatning matni ilova qilinadi.
    Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga ariza
    berilganligi nizolashilayotgan hujjatning yoki uning ayrim qoidalarining amal qilishini to‘xtatib
    turmaydi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish