hujjatiga muvofiqligini, shuningdek nizolashilayotgan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan
organning vakolatlarini hamda uning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan
o‘tganligini tekshiradi.
182-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish
bo‘yicha sudning hal qiluv qarori
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv
qarori ushbu Kodeksning
19-bobida
belgilangan qoidalar bo‘yicha sud tomonidan qabul qilinadi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijasi
bo‘yicha sud arizani qanoatlantirish haqida yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv
qarori qabul qiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi arizani
qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi, hujjatning nomi, raqami
va qabul qilingan sanasi;
2) idoraviy normativ-huquqiy hujjat to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilganligi;
3) sud xarajatlarini taqsimlash.
Sudning idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishni ko‘rish
natijasi bo‘yicha qabul qilgan hal qiluv qarori u qabul qilingan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga
kiradi.
Sud tomonidan to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilgan idoraviy normativ-huquqiy
hujjat yoki uning ayrim qismlari sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran
qo‘llanilmaydi va ular hujjatni qabul qilgan organ tomonidan nisbatan yuqori yuridik kuchga ega
bo‘lgan qonunchilik hujjatiga muvofiqlashtirilishi kerak.