|
-modda. Ajrimni ijro etishBog'liq MSIYtK172-modda. Ajrimni ijro etish
Agar qonunda yoki sud tomonidan boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, sudning ajrimi
darhol ijro etiladi.
173-modda. Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddatlari
Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek ajrim ishning
kelgusidagi harakatiga to‘sqinlik qilgan taqdirda, sudning hal qiluv qaroridan alohida tarzda
shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Boshqa ajrimlar ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) berilmaydi, lekin bu ajrimlarga qarshi
e’tirozlar sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi
mumkin.
Agar ushbu Kodeksda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, ajrim chiqarilgan kundan
e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda uning ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin.
174-modda. Xususiy ajrim
Ishni ko‘rish chog‘ida davlat organining yoki boshqa organning, yuridik shaxsning,
mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonunchilik hujjatlarining buzilganligi
aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qat’i nazar, sud xususiy ajrim chiqarishga haqli.
Xususiy ajrim bilan sud tegishli organdan yoki mansabdor shaxsdan qonunchilik
hujjatlarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani
o‘zlarining vakolatiga muvofiq ko‘rib chiqishni talab qilishi mumkin.
Xususiy ajrim tegishli davlat organlariga va boshqa organlarga, yuridik shaxslarga, mansabdor
shaxslarga yuboriladi, ular ko‘rilgan choralar to‘g‘risida bir oylik muddatda sudga xabar qilishi shart.
Xususiy ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Agar sud nizoni ko‘rayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa,
u jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun bu haqda tegishli materiallarni
ilova qilgan holda prokurorga xabar qiladi.
|
| |