I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/124
Sana18.05.2024
Hajmi1,69 Mb.
#241905
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   124
Bog'liq
MSIYtK

21-bob. Sud bayonnomasi
175-modda. Bayonnomaning mazmuni
Sud majlisi chog‘ida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar
bajarilganda bayonnoma yuritiladi.
Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) sud majlisi o‘tkazilgan yil, oy, sana va joy;
2) ishni ko‘rayotgan sudning nomi, sud tarkibi va sud majlisining kotibi;
3) ishning nomi va raqami;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud protsessining boshqa ishtirokchilari kelganligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va sud protsessining boshqa ishtirokchilariga sud
tomonidan ularning protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi to‘g‘risidagi


ma’lumotlar;
6) sud tomonidan alohida xonaga (maslahatxonaga) kirmasdan joyida chiqarilgan ajrimlar;
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning og‘zaki arzlari va iltimosnomalari;
8) ishni ko‘rish chog‘ida sudga taqdim etilgan barcha yozma va ashyoviy dalillar,
ekspertlarning yozma xulosalari haqidagi ma’lumotlar;
9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari,
ekspertlarning o‘z xulosalarini og‘zaki tushuntirishlari, mutaxassislarning maslahatlari
(tushuntirishlari), ashyoviy va yozma dalillarning ko‘zdan kechirilganligi, olib qo‘yilganligi, sxemalar
tuzilganligi, video va fototasvirga olinganligi haqidagi ma’lumotlar;
10) alohida protsessual harakatlarni amalga oshirish chog‘ida olingan ma’lumotlar;
11) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri;
12) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori o‘qib eshittirilganligi haqidagi ma’lumotlar.
Sud majlisi bayonnomasida boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida faqat
mazkur modda ikkinchi qismining 
1 — 4

6 — 8

11-bandlarida 
nazarda tutilgan masalalar yuzasidan
yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar bergan tushuntirishlarning boshlangan va tugagan
vaqti, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertlarning o‘z xulosalari yuzasidan bergan og‘zaki
tushuntirishlari, muzokaralar va prokurorning fikri aks ettiriladi, shuningdek sud majlisini yozib
olishning texnik vositalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Elektron yoxud boshqa
audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yiladi.
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida
ushbu moddaning 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilganlardan tashqari quyidagi ma’lumotlar ham
ko‘rsatilishi kerak:
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashgan sudning nomi
haqidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sudga kelgan
ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud protsessining boshqa ishtirokchilari to‘g‘risidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sudning hamda
ishni ko‘rayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xodimlari haqidagi.

Download 1,69 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   124




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar

Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish