Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan sudga besh kunlik muddatni o‘tkazib taqdim etilgan
yozma fikr-mulohazalar sud tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va ishga qo‘shib qo‘yiladi, bu haqda
yozma fikr-mulohazalar bergan shaxsga ma’lum qilinadi.
Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvi bilan tanishish huquqiga
ega.
Sud majlisining audio- yoki videoyozuvining ko‘chirma nusxalari sud protsessi ishtirokchilariga
ishni ko‘rib chiqqan sudning ruxsati bilan beriladi.
22-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishlar