• 198-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha ish yuritishni tugatish
  • 199-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash bilan bog‘liq sud hujjatlari ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi)
  • III BO‘LIM. SUD HUJJATLARINI QAYTA KO‘RISh 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish 200-modda. Apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi
  • -modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha sudning hal




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    197-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha sudning hal
    qiluv qarori
    Yo‘qolgan sud hal qiluv qarorini yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimni tiklash
    to‘g‘risidagi sud hal qiluv qarorida sud tiklanayotgan sud hujjatining mazmuni sudga taqdim
    etilgan va yo‘qolgan ish bo‘yicha sud protsessining barcha ishtirokchilari ishtirokidagi sud majlisida
    tekshirilgan qaysi aniq ma’lumotlar asosida aniqlangan deb hisoblashi ko‘rsatiladi.
    198-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha ish yuritishni
    tugatish
    To‘plangan materiallar yo‘qolgan sud ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli bo‘lmasa, sud
    ajrim chiqarib, ish yuritishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda ariza (shikoyat) taqdim
    etishga haqli.
    199-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash bilan bog‘liq sud hujjatlari ustidan
    shikoyat qilinishi (protest keltirilishi)
    Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari ustidan
    shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
    III BO‘LIM. SUD HUJJATLARINI QAYTA KO‘RISh
    26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
    200-modda. Apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi
    Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo
    huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya
    sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga, prokuror
    esa apellatsiya protesti keltirishga haqli.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va
    qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga
    kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik
    faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.
    Sudning hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi)
    mumkin.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha sudning hal

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish