Ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki ustidan shikoyat qilinayotgan
harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organining, mansabdor shaxsning vakillari sud majlisiga kelishini sud majburiy deb topishi va ularni
tushuntirishlar berish uchun sud majlisiga chaqirishi mumkin.
Ma’muriy organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor
shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib
chiqish chog‘ida sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari, harakatlar
(harakatsizlik) qonuniyligini, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoxud ustidan
shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning
vakolatlarini tekshiradi, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari
yoxud harakatlar (harakatsizlik) arizachining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini buzganligini aniqlaydi.