Yo‘qolgan sud ishini yuritish to‘liq yoki uning sud fikriga ko‘ra tiklanishi zarur bo‘lgan qismi
tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi,
agar ular ish
yuzasidan chiqarilgan bo‘lsa, tiklanishi shart.
Arizachi yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida sud
tomonidan qilingan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilinadi. Bila turib yolg‘on ariza berilganda sud
xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
195-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza ishni ko‘rib chiqqan sudga beriladi.
Arizada ish to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor bo‘lgan hujjatlar yoki ularning ko‘chirma
nusxalari, garchi ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan bo‘lsa ham arizaga ilova qilinadi.
196-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish
Sud yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish chog‘ida ish
yuritishning
saqlanib qolgan qismidan, sud ishini yuritish yo‘qolguniga
qadar ushbu ishdan
fuqarolar va tashkilotlarga
olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning ko‘chirma nusxalaridan,
shuningdek ishga daxldor bo‘lgan boshqa hujjatlardan foydalanadi.
Sud protsessual harakatlarni amalga oshirish chog‘ida hozir bo‘lgan
shaxslarni,
sudning hal
qiluv qarorini
ijro qilgan shaxslarni, zarur hollarda esa yo‘qolgan sud ishini ko‘rib
chiqqan sud
tarkibiga kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida so‘roq qilishi mumkin.