• 202-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
  • 203-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
  • -modda. Apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘ruvchi sudlar




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    201-modda. Apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘ruvchi sudlar
    Apellatsiya shikoyatlari (protestlari):


    tumanlararo ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston
    Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining birinchi
    instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston
    Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan;
    hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy
    sudining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda —
    O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv
    qarorlari ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha
    sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.
    202-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
    Apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudiga yo‘llanadi, biroq hal qiluv qarorini
    qabul qilgan sudga beriladi.
    Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh
    kunlik muddatda uni apellatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
    203-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
    Agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv
    qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
    Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest)
    berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan,
    agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan
    va apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari uzrli deb
    topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin.
    Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida
    apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
    Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellatsiya
    shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘ruvchi sudlar

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish