|
-modda. Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ularBog'liq MSIYtK189-modda. Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ular
mansabdor shaxslarining qarori, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi
ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori
Ma’muriy organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor
shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal
qiluv qarori ushbu Kodeksning
19-bobida
belgilangan qoidalarga ko‘ra sud tomonidan qabul
qilinadi.
Sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar
(harakatsizlik) qonunchilikka zid ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini
haqiqiy emas, yoxud harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to‘g‘risida hal qiluv
qarori qabul qiladi.
Sud agar ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qoidalari yoxud harakatlar
(harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, u arz qilingan talabni qanoatlantirishni
rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi
arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi
kerak:
1) qarorni qabul qilgan yoki harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan organning (mansabdor
shaxsning) nomi, qarorning nomi, raqami, u qabul qilingan sana, ustidan shikoyat qilinayotgan
harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
2) qarorning to‘liq yoki qisman haqiqiy emas yoki harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga
xilof deb topilganligi;
3) sud xarajatlarini taqsimlash.
Qaror haqiqiy emas, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilgan taqdirda sud tegishli
organning yoki mansabdor shaxsning zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklaydi:
qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud
arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining buzilishlarini boshqacha usulda
bartaraf etish;
yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni bartaraf etish va hal qiluv qarorining ijrosi to‘g‘risida sudga va
arizachiga, agar sud tomonidan boshqacha muddat belgilanmagan bo‘lsa, sudning hal qiluv qarori
qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir oy ichida xabar qilish.
Sudning ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori, agar uning ustidan
apellatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) bo‘lsa, u qabul qilingan paytdan
e’tiboran bir oy o‘tgach, qonuniy kuchga kiradi.
|
| |