|
-modda. Dalillarni tekshirishni tiklashBog'liq MSIYtK152-modda. Dalillarni tekshirishni tiklash
Agar sud muzokaralari vaqtida yoki keyin qo‘shimcha holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni
tekshirish zarur deb topsa, u dalillarni tekshirishni tiklaydi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida
ko‘rsatiladi.
Dalillarni qo‘shimcha tekshirish tugaganidan keyin sud muzokaralari ushbu Kodeksda
belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
153-modda. Sud hujjatini qabul qilish uchun sudning alohida xonaga (maslahatxonaga)
kirishi
Sud ish bo‘yicha dalillarni tekshirish va sud muzokaralari tugaganidan keyin sud hujjatini
qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi.
19-bob. Sudning hal qiluv qarori
1-§. Hal qiluv qarorini qabul qilishning umumiy qoidalari
154-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish
Sud ishni mazmunan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarorini qabul qiladi.
Sud hal qiluv qarorini O‘zbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi.
Sudning hal qiluv qarori sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilinadi.
Sudning hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan bo‘lishi kerak. U sud majlisida tekshirilgan
dalillargagina asoslangan bo‘lishi mumkin.
155-modda. Hal qiluv qarori qabul qilinishining sir tutilishi
Sudning hal qiluv qarori alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilinadi.
Ish hay’atda ko‘rib chiqilayotganda hal qiluv qarori sudyalar maslahati sirini saqlash
ta’minlanadigan sharoitlarda, sud majlisida ishtirok etayotgan sudyalar tomonidan ko‘pchilik ovoz
bilan qabul qilinadi.
Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotgan maslahatxonada faqat ishni ko‘rib chiqayotgan sud
tarkibiga kiradigan sudyalar bo‘lishi mumkin. Ushbu xonaga boshqa shaxslarning kirishi,
shuningdek sud tarkibiga kirmaydigan shaxslar bilan muloqotda bo‘lishning boshqa usullari
taqiqlanadi.
Sudyalar hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘idagi muhokama mazmuni to‘g‘risidagi, sud
tarkibiga kirgan ayrim sudyalarning nuqtai nazari haqidagi ma’lumotlarni biror-bir shaxsga xabar
qilishga, sudyalar maslahati sirini boshqa usulda oshkor qilishga haqli emas.
|
| |