-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/124
Sana18.05.2024
Hajmi1,69 Mb.
#241905
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   124
Bog'liq
MSIYtK

158-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni
Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
Hal qiluv qarorining kirish qismida hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi; sud tarkibi,
sud majlisi kotibi; ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana va joy; talab predmeti; ishda
ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ularning vakillari va sud protsessining boshqa ishtirokchilari
ko‘rsatiladi.
Hal qiluv qarorining bayon qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arz qilingan talablari va
e’tirozlari, tushuntirishlari, arizalari va iltimosnomalarining qisqacha bayoni bo‘lishi kerak.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida:
ishning sud tomonidan aniqlangan haqiqiy holatlari;
sudning ish holatlari to‘g‘risidagi xulosalari asoslangan dalillar;
sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligining, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlarini
qabul qilganligining yoki rad etganligining asoslari;
hal qiluv qarorini qabul qilishda sud amal qilgan qonunchilik hujjatlari hamda sud ishda
ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaganligining asoslari
ko‘rsatilishi kerak.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
qarorlariga havolalar ko‘rsatilishi mumkin.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida arz qilingan talablardan har birini to‘liq yoki qisman
qanoatlantirish haqidagi yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi xulosalar bo‘lishi kerak.
Zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab qanoatlantirilgan taqdirda, hal qiluv qarorining
xulosa qismida undirilishi lozim bo‘lgan summa ko‘rsatiladi.
Agar sud hal qiluv qarorini ijro etish tartibini belgilagan yoki uning ijrosini ta’minlash
choralarini qabul qilgan bo‘lsa, bu haqda hal qiluv qarorining xulosa qismida ko‘rsatiladi.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida
taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati va tartibi ko‘rsatiladi.

Download 1,69 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   124




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish