• 136-modda. Ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, ariza (shikoyat)dan voz kechish
  • -modda. Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    135-modda. Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr
    Ishda ishtirok etuvchi shaxs ariza (shikoyat) yuzasidan arz qilingan talabga qarshi e’tirozlarini
    tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yozma fikrning
    hamda ularda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi
    dalillarni ish ko‘riladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda sudga yuborishga
    haqli.
    Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikrda ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining
    turgan joyi (pochta manzili), telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili (agar ular mavjud
    bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
    Ariza (shikoyat) bo‘yicha yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan
    imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ish yuritishga doir vakolatini
    tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
    136-modda. Ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, ariza (shikoyat)dan
    voz kechish
    Arizachi ishni birinchi instansiya sudida ko‘rish chog‘ida ishning mazmunan ko‘rilishi yakuni
    bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar ariza (shikoyat)ning asosini yoki
    predmetini o‘zgartirishga haqli.
    Arizachi ishni har qanday instansiya sudida ko‘rishda ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha
    chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar ariza (shikoyat)dan to‘liq yoki qisman voz
    kechishga haqli.
    Sud ariza (shikoyat)ning asosi va predmeti bir vaqtda o‘zgartirilishini qabul qilmaydi. Sud,
    shuningdek ariza (shikoyat)dan voz kechishni, agar bu qonunchilikka zid bo‘lsa yoki boshqa
    shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzsa, qabul qilmaydi.
    Bunday hollarda sud ishni mazmunan ko‘radi.
    Ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini o‘zgartirishni, arizachining ariza (shikoyat)dan
    to‘liq yoki qisman voz kechishini qabul qilish haqida yoxud qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim
    chiqariladi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish