Arizani (shikoyatni) ish
yuritishga qabul qilish haqida,
qabul qilishni rad etish,
qaytarish yoki
sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, ajrimning ko‘chirma
nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgandan
keyingi kundan kechiktirmay
yuboriladi.
Sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha suddan
yoki iqtisodiy suddan ariza
(shikoyat) yoki ish materiallari kelib tushganda sudya ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning
128
,
129
va
130-moddalarida
ko‘rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib
tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay arizachini kamchiliklarni
bartaraf etish
zarurligi haqida xabardor qiladi va unga buning uchun o‘n kundan oshmaydigan muddat beradi.