Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida o‘z manzili o‘zgarganligi haqida sudga
xabar berishi shart. Bunday xabar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ajrimning ko‘chirma nusxasi sudga
ma’lum bo‘lgan oxirgi manzilga yuborilib, garchi oluvchi shu manzilda bo‘lmasa ham yoki
yashamasa ham u yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘z telefon va faks raqamlarini, elektron manzilini sudga
ma’lum qilgan bo‘lsa, ularning ish yuritish vaqtida o‘zgarganligi to‘g‘risida sudni yozma shaklda, shu
jumladan elektron hujjat tarzida xabardor qilishi kerak.
15 -bob. Kelishuv bitimi
126 -modda. Taraflarning kelishuvi
Taraflar ma’muriy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida va sud hujjatini ijro etish
jarayonida nizoni kelishuv bitimini tuzgan holda to‘liq hajmda yoki qisman hal etishi mumkin.
Taraflarning kelishuvi ixtiyoriylik, hamkorlik va teng huquqlilik prinsiplari asosida amalga
oshiriladi.
Taraflarning kelishuviga faqat javobgarda ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) mavjud
bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.
Taraflarning kelishuvi faqat ularning nizoli ommaviy huquqiy munosabatlar subyekti sifatidagi
huquq va majburiyatlariga taalluqli bo‘lishi hamda taraflarning o‘zaro yon berishiga yo‘l qo‘yilgan
taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan deb hisoblanadi.
Ushbu Kodeks 27-moddasi birinchi qismining
1
,
3
,
4
va
5-bandlarida
nazarda tutilgan ishlar
bo‘yicha, shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan
shartlarni nazarda tutadigan ishlar bo‘yicha kelishuv bitimining tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
126 -modda. Kelishuv bitimining shakli va mazmuni
Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi va uni tuzgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Kelishuv bitimi albatta ijro etilishga oid talablarga javob berishi hamda unda majburiyatlarni
bajarishning taraflar tomonidan kelishilgan shartlari, tartibi va muddatlari haqidagi qoidalar,
shuningdek sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi shartlar va qonunga zid bo‘lmagan boshqa
shartlar ko‘rsatilishi kerak.
Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarning
bajarilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bog‘liq qilib qo‘yishi mumkin
emas.
Kelishuv bitimi sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masalaga nisbatan ham tuzilishi
mumkin.
Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi shart mavjud bo‘lmasa, sud bu
masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chog‘ida, ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda hal
etadi.
Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta nusxa ortiq bo‘lgan nusxalarda tuziladi va
imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.