• 15-bob. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari 124-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruvlarini yuborish tartibi
  • 125-modda. Tegishli tarzda xabardor qilish
  • -modda. Sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish tartibi




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    123-modda. Sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish tartibi
    Sud majlisida hozir bo‘lgan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala shu sud
    majlisida hal etiladi.
    Sud majlisida hozir bo‘lmagan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala boshqa
    sud majlisida hal etiladi. O‘ziga nisbatan sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masala ko‘rilayotgan shaxs
    sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 
    124-moddasida
    nazarda tutilgan tartibda
    xabardor qilinadi. Biroq tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning kelmaganligi sud jarimasi solish
    to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
    Sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
    Sud jarimasini solish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi jarima solingan shaxsga
    yuboriladi.
    Sud jarimasini solish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
    Sud jarimasini solish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning
    ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
    15-bob. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari
    124-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruvlarini yuborish tartibi
    Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida sud ajrimi orqali
    xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki
    ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini
    ta’minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi. Ma’muriy sud ishlarini
    yuritishning boshqa ishtirokchilari sud ajrimi orqali, zarur hollarda esa chaqiruv qog‘ozlari,
    telegrammalar, fakslar, teletayplar hamda boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi va sudga
    chaqiriladi.
    Sud xabarnomalari va chaqiruvlari ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
    125-modda. Tegishli tarzda xabardor qilish
    Agar sud ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi o‘ziga yuborilgan ajrimning ko‘chirma
    nusxasini olganligi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilinganligi
    to‘g‘risida sud majlisi boshlanguniga qadar ma’lumotlarga ega bo‘lsa, ushbu ishtirokchi tegishli
    tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi.
    Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi quyidagi hollarda ham sud tomonidan tegishli
    tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi, agar:
    ajrim yo‘llangan shaxs ajrimning ko‘chirma nusxasini olishni rad etgan va ushbu rad etish
    qayd etilgan bo‘lsa;
    sud tomonidan yuridik shaxsning sudga ma’lum bo‘lgan oxirgi joylashgan yeri (pochta
    manzili), fuqaroning yashash joyi bo‘yicha yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi oluvchi
    ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi sababli topshirilmagan va bu haqda aloqa muassasasi sudni xabardor
    qilgan bo‘lsa;
    ajrimning ko‘chirma nusxasi sud tomonidan elektron pochta orqali yoki xabardor qilinganlik
    faktini tasdiqlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilgan kundan e’tiboran uch
    kun o‘tgan bo‘lsa.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish tartibi

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish