• 120-modda. O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatlarni tiklash
  • 121-modda. Sud tomonidan tayinlangan protsessual muddatlarni uzaytirish
  • 14-bob. Sud jarimalari 122-modda. Sud jarimalarini solish
  • -modda. Protsessual muddatlarni to‘xtatib turish




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    119-modda. Protsessual muddatlarni to‘xtatib turish
    Ish yuritish to‘xtatib turilishi bilan barcha o‘tib ketmagan protsessual muddatlarning o‘tishi
    to‘xtatib turiladi. Ish yuritish tiklangan kundan e’tiboran protsessual muddatlarning o‘tishi davom
    etadi.
    120-modda. O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatlarni tiklash
    Sud ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan, o‘tkazib yuborilgan protsessual
    muddatni, agar u o‘tkazib yuborilish sabablarini uzrli deb topsa, ishda ishtirok etuvchi shaxsning
    arizasiga ko‘ra tiklashga haqli.
    O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash haqida yoki tiklashni rad etish to‘g‘risida
    ajrim chiqariladi.
    Protsessual muddatni tiklash haqidagi yoki tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan
    shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
    121-modda. Sud tomonidan tayinlangan protsessual muddatlarni uzaytirish
    Sud tomonidan tayinlangan protsessual muddatlar ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi
    bo‘yicha shu sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.
    Protsessual muddatni uzaytirish haqida yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
    14-bob. Sud jarimalari
    122-modda. Sud jarimalarini solish
    Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan solinadi.
    Sud tomonidan solinadigan sud jarimasining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh
    baravaridan oshmasligi kerak, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar
    mustasno.
    Ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa organlar,
    shuningdek tashkilotlar tomonidan sud hujjati ijro etilmagan taqdirda, ularning mansabdor
    shaxslariga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda sud jarimasi solinadi. Sud


    hujjati takroran ijro etilmagan taqdirda, dastlabki solingan jarimaning o‘n baravari miqdorida sud
    jarimasi solinadi.
    Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi sud ajrimi ijro etilmagan taqdirda, ushbu moddaning
    uchinchi qismida belgilangan miqdorda sud jarimasi solinadi.
    Sud tomonidan davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va boshqa
    organlarning, shuningdek tashkilotlarning mansabdor shaxslariga solingan sud jarimalari ularning
    shaxsiy mablag‘laridan undiriladi.
    Sud jarimalari respublika budjeti daromadiga undiriladi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Protsessual muddatlarni to‘xtatib turish

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish