• 118-modda. Protsessual muddatlarni o‘tkazib yuborish oqibatlari
  • -modda. Protsessual muddatlarning tugashi




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    117-modda. Protsessual muddatlarning tugashi
    Yillar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi yilining
    tegishli oyi va kunida tugaydi.


    Oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi oyining
    tegishli kunida tugaydi.
    Agar oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning tugashi tegishli kuni bo‘lmagan
    oyga to‘g‘ri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi.
    Kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi kunida
    tugaydi.
    Protsessual muddatning oxirgi kuni ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelgan hollarda, undan
    keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi.
    Protsessual harakat belgilangan muddatning oxirgi kuni soat yigirma to‘rtgacha bajarilishi
    mumkin.
    Agar ariza (shikoyat) va boshqa hujjatlar pochtaga topshirilgan, elektron hujjat tarzida
    yuborilgan, tegishli organga yoxud ularni qabul qilib olish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsga
    protsessual muddatning oxirgi kuni soat yigirma to‘rtga qadar berilgan bo‘lsa, muddat o‘tkazib
    yuborilgan deb hisoblanmaydi.
    Agar protsessual harakat bevosita sudda yoki boshqa tashkilotda amalga oshirilishi kerak
    bo‘lsa, muddat ushbu sudda yoki tashkilotda ish kuni tugagan yoxud tegishli operatsiyalar
    tugatilgan soatda tugaydi.
    118-modda. Protsessual muddatlarni o‘tkazib yuborish oqibatlari
    Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan protsessual
    muddatlar yoki sud tomonidan tayinlangan muddat o‘tishi bilan protsessual harakatlarni amalga
    oshirish huquqini yo‘qotadi. Bu holatda protsessual muddatlarning o‘tishi ko‘rsatilgan shaxslarni o‘z
    zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
    Protsessual muddatlar o‘tgandan keyin berilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar, agar
    o‘tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud uni
    qanoatlantirish rad etilgan bo‘lsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Protsessual muddatlarning tugashi

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish