Dastlabki himoya choralari turini almashtirish haqidagi yoki almashtirishni rad etish
to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
97-modda. Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ajrimni ijro etish
Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ajrim sud hujjatlarini
ijro etish uchun
belgilangan tartibda darhol ijro etiladi.
Ko‘rilgan dastlabki himoya choralarini ijro etish majburiyati sud tomonidan zimmasiga
yuklatilgan shaxsga dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ajrimni ijro etmaganlik uchun
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud jarimasi solinadi.
98-modda. Dastlabki himoya choralarini bekor qilish
Dastlabki himoya choralari ishni ko‘rayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning
iltimosnomasiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.
Dastlabki himoya choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi masala sud majlisida hal qilinadi. Ishda
ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning
124-moddasida
nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi dastlabki himoya
choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Dastlabki himoya choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish natijalari
bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga
u chiqarilgan kundan keyingi
kundan kechiktirmasdan yuboriladi.
Ariza (shikoyat) qanoatlantirilgan taqdirda, dastlabki himoya choralari sud hujjati amalda ijro
etilguniga qadar o‘z kuchini saqlaydi.
Arizani (shikoyatni) qanoatlantirish rad etilgan, ariza (shikoyat) ko‘rmasdan
qoldirilgan, ish
yuritish tugatilgan hollarda, dastlabki himoya choralari tegishli
sud qarori qonuniy kuchga
kirguniga qadar o‘z kuchini saqlaydi. Biroq sud ko‘rsatilgan hujjatlarni qabul qilish bilan bir vaqtda
yoki ular qabul qilinganidan keyin dastlabki himoya choralarini bekor qilish haqida ajrim chiqarishi
mumkin.
Dastlabki himoya choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest
keltirilishi) mumkin.