|
-modda. Komissiyaviy ekspertizaBog'liq MSIYtK83-modda. Komissiyaviy ekspertiza
Komissiyaviy ekspertiza o‘tkazilayotganda ekspertlarning har biri tekshirishlarni to‘liq hajmda
o‘tkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi. Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan
so‘ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatni tuzadi va
imzolaydi.
Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri
kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
84-modda. Kompleks ekspertiza
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni faqat turli maxsus bilim
sohalaridan foydalangan holda bir nechta tekshirish o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash mumkin bo‘lgan
hollarda tayinlanadi.
Kompleks ekspertizani o‘tkazishda ekspertlarning har biri o‘z vakolati doirasida tekshirishlar
olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va
qancha hajmda olib borganligi, qaysi faktlarni shaxsan o‘zi aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga
kelganligi ko‘rsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini
imzolaydi va ular uchun javobgar bo‘ladi.
Umumiy xulosa (xulosalar) olingan natijalarni baholashga va ushbu xulosani (xulosalarni)
shakllantirishga vakolatli bo‘lgan ekspertlar tomonidan chiqariladi. Agar ekspertlar komissiyasi
yakuniy xulosasining yoki uning bir qismining asosi ekspertlardan biri (alohida ekspertlar)
tomonidan aniqlangan faktlardan iborat bo‘lsa, bu haqda xulosada ko‘rsatilishi kerak.
Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri
kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
Agar kompleks ekspertizani o‘tkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga yoki nodavlat sud-
ekspertiza tashkilotiga topshirilgan bo‘lsa, ekspertizani tashkil etish uning rahbari zimmasiga
yuklatiladi.
|
| |