• 81-modda. Qo‘shimcha va takroriy ekspertizalar
  • 82-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi
  • -modda. Ekspertizani o‘tkazish tartibi




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    80-modda. Ekspertizani o‘tkazish tartibi
    Ekspertiza sud majlisida yoki, agar tekshirishning xususiyatiga ko‘ra zarur bo‘lsa yoxud
    tekshirish obyektlarini sud majlisiga olib kelish imkoni bo‘lmasa, sud majlisidan tashqarida
    o‘tkaziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lishga haqli, bundan
    ushbu ishtirok etish ekspertning normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.
    81-modda. Qo‘shimcha va takroriy ekspertizalar
    Qo‘shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish
    uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladi.
    Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslanmagan bo‘lsa yoki uning to‘g‘riligiga shubha
    tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani
    o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda takroriy ekspertiza tayinlanadi.
    Takroriy ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo‘llanilgan
    tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilishi mumkin.


    Takroriy ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda takroriy ekspertizani tayinlagan sudning
    birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga rozi emasligi sabablari ko‘rsatilishi lozim.
    Takroriy ekspertizani o‘tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi.
    Birinchi (oldingi) ekspertizani o‘tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) takroriy ekspertizani
    o‘tkazishda hozir bo‘lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishda va xulosa tuzishda
    ishtirok etmaydi.
    82-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi
    Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert
    ixtisosligidagi bir nechta ekspert tomonidan o‘tkazilishi mumkin.
    Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi ekspertizani tayinlagan sud yoki
    mazkur ekspertizaning o‘tkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-
    ekspertiza tashkiloti yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
    Ekspertizani o‘tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan savollarni hal
    etish zaruriyatidan kelib chiqib, o‘tkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini
    kelishib oladi.
    Ekspertizani o‘tkazish o‘ziga topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibida har bir ekspert
    tekshirishlarni mustaqil va alohida o‘tkazadi, shaxsan o‘zi va komissiyaning boshqa a’zolari
    tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qo‘yilgan savollar yuzasidan xulosalarini o‘z maxsus
    bilimlari doirasida shakllantiradi.
    Tekshirishlarning ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan to‘liq yoki
    qisman o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ekspertizani o‘tkazish tartibi

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish