I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/124
Sana18.05.2024
Hajmi1,69 Mb.
#241905
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124
Bog'liq
MSIYtK

79-modda. Ekspertiza
Ishni ko‘rib chiqish vaqtida yuzaga keladigan, fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus
bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning
iltimosnomasiga ko‘ra yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning roziligi bilan ekspertiza tayinlaydi.
Agar ekspertizani tayinlash qonunda belgilab qo‘yilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa
yoki taqdim etilgan dalilning qalbakilashtirilganligi to‘g‘risidagi arizani tekshirish uchun yoxud
qo‘shimcha ekspertiza tayinlash zarur bo‘lsa, sud ekspertizani o‘z tashabbusi bilan tayinlashi
mumkin.
Ekspertiza o‘tkazilishi zarur bo‘lgan masalalarning doirasi va mazmuni sud tomonidan
belgilanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspertiza o‘tkazish vaqtida tushuntirib berilishi
lozim bo‘lgan savollarni taqdim etishga haqli. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar taqdim etgan
savollar rad qilinganligini asoslab berishi shart.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar: o‘zlari ko‘rsatgan shaxslarni ekspert sifatida jalb etish to‘g‘risida
yoki ekspertizani muayyan ekspertiza muassasasida o‘tkazish haqida iltimos qilishga, ekspertni rad
etish to‘g‘risida arz qilishga; ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimga ekspert oldiga qo‘yilgan
masalalarga qo‘shimcha masalalar kiritish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilishga;
ekspertga tushuntirishlar berishga; ekspert xulosasi bilan yoki xulosa berishning imkoni
bo‘lmaganligi haqidagi xabar bilan tanishishga; qo‘shimcha yoki takroriy ekspertiza o‘tkazish
haqida iltimosnoma kiritishga haqli.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risida yoki ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnomani
qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda: ekspertizani tayinlash asoslari; ekspertning
familiyasi, ismi va otasining ismi yoki ekspertiza o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ekspertiza muassasasining
nomi; ekspert oldiga qo‘yilgan savollar; ekspert ixtiyoriga taqdim etiladigan materiallar va hujjatlar;
ekspertizani o‘tkazish va sudga xulosani taqdim etish kerak bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi.
Taraf ekspertizada ishtirok etishdan bo‘yin tovlagan, ekspertlarga tekshirish uchun zarur
materiallar va hujjatlarni taqdim etmagan hollarda hamda boshqa hollarda, agar ishdagi mavjud
holatlarga ko‘ra va shu tarafning ishtirokisiz ekspertiza o‘tkazish imkoni bo‘lmasa, sud aynan qaysi
taraf ekspertizadan bo‘yin tovlayotganligidan, shuningdek uning uchun ekspertiza qanday
ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, qaysi fakt yuzasidan ekspertiza tayinlangan bo‘lsa, o‘sha
faktni tasdiqlangan yoki inkor etilgan deb topishga haqli.
Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida ekspertiza
o‘tkazilishiga doir advokat so‘rovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza
tashkilotlariga yuborishi mumkin.

Download 1,69 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar

Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish