• 70-modda. Dalillarning aloqadorligi
  • 71-modda. Dalillarning maqbulligi
  • -modda. Dalillarni ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    69-modda. Dalillarni ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish
    Sudga olib kelish imkoniyati bo‘lmagan yoki olib kelinishi qiyin bo‘lgan dalillarni, shuningdek
    tez buziladigan ashyoviy dalillarni sud ular turgan joyda ko‘zdan kechirishi va tekshirishi mumkin.
    Dalillarni ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
    Zarur hollarda, dalillarni ko‘zdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun odil sudlovni
    amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin.
    Tez buziladigan ashyoviy dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud
    tomonidan darhol ko‘zdan kechirilishi va tekshirilishi mumkin.
    Yozma va ashyoviy dalillarni ular turgan joyda bevosita ko‘zdan kechirish va tekshirish
    jarayonida ushbu Kodeksning 
    175-moddasida 
    belgilangan tartibda sud tomonidan bayonnoma
    tuziladi.
    Dalillarni mustahkamlash uchun bayonnoma tuzish bilan birga audio-, videoyozuvga olish,
    fotosuratga tushirish, ko‘chirma nusxalar, rejalar, chizmalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning
    boshqa usullari qo‘llanilishi mumkin. Dalillarni mustahkamlashning bunday usuli qo‘llanilganligi
    bayonnomada aks ettiriladi, ma’lumotlarni aks ettiruvchi materiallar bayonnomaga ilova qilinadi.
    70-modda. Dalillarning aloqadorligi
    Sud faqat ishga aloqador bo‘lgan dalillarni qabul qiladi.
    Agar taqdim etilgan dalillar ko‘rilayotgan ishga aloqador bo‘lmasa, ular ish materiallariga
    qo‘shib qo‘yilmaydi, ularning dalil sifatida rad qilinganligi sud hujjatida aks ettiriladi.
    71-modda. Dalillarning maqbulligi
    Qonunchilikka muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan ish holatlari boshqa
    dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
    72-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
    Ishning ma’muriy sud tomonidan barchaga ma’lum deb topilgan holatlarini isbotlash talab
    etilmaydi.
    Ma’muriy sudning ilgari ko‘rilgan ish bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan
    aniqlangan holatlar sud shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa ishni ko‘rayotganida yangidan isbot
    qilinmaydi.
    Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning yoki iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv
    qarori boshqa ishni ko‘rayotgan ma’muriy sud uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning yoki
    iqtisodiy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga daxldor bo‘lgan
    holatlarga doir masalalar bo‘yicha majburiydir.
    Jinoyat ishlari bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir
    etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari bo‘yicha
    ma’muriy sud uchun majburiydir.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Dalillarni ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish