|
-modda. Vakilning vakolatlariBog'liq MSIYtK62-modda. Vakilning vakolatlari
Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi
nomidan amalga oshirish huquqini beradi, bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno.
Shartnoma bo‘yicha vakillik qiluvchining arz qilingan talabdan to‘liq yoki qisman voz kechish,
uning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, arizachining talablarini tan olish, vakolatlarni boshqa
shaxsga o‘tkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, sud
hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani imzolash, sud hujjatining
majburiy ijro etilishini talab qilish vakolatlarining har biri vakolat beruvchi tomonidan berilgan
ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
63-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini
tekshirish
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tekshirishi shart.
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tan olish va ularning
sud majlisida ishtirok etishiga ruxsat berish to‘g‘risidagi masalani mazkur shaxslar sudga taqdim
etgan hujjatlarni tekshirish asosida hal etadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining
vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi,
zarur bo‘lganda esa ularning ko‘chirma nusxalari ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs, uning vakili o‘z vakolatlarini tasdiqlash uchun zarur hujjatlarni
taqdim etmagan yoki qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lmagan hujjatlarni taqdim etgan
taqdirda, sud tegishli shaxsning ishda ishtirok etishga oid vakolatlarini tan olishni rad etadi, bu
haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
64-modda. Sudda vakil bo‘la olmaydigan shaxslar
Quyidagi shaxslar sudda vakil bo‘la olmaydi:
1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar;
3) sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, sud devoni xodimlari bundan ular
qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud,
prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida ishtirok etgan hollar mustasno;
4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid bo‘lgan shaxslarga huquqiy yordam
ko‘rsatayotgan yoki ilgari yordam ko‘rsatgan shaxslar;
5) sudya, prokuror, sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik
munosabatlarida bo‘lgan shaxslar.
|
| |