• 52-modda. Ekspert
  • 53-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari
  • -modda. Guvohning huquq va majburiyatlari




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    51-modda. Guvohning huquq va majburiyatlari
    Guvoh advokatning yuridik yordamidan foydalanish, ma’muriy sud ishi yuritilayotgan tilni
    bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa, o‘z ona tilida ko‘rsatuvlar berish va bu holda tarjimon
    xizmatidan foydalanish, ko‘rsatuvlarini o‘z qo‘li bilan yozib berish, ko‘rsatuvlar berishda yozma
    qaydlar va hujjatlardan foydalanish huquqiga ega.
    Guvoh sudning chaqiruviga binoan kelishi, ish yuzasidan o‘zi xabardor bo‘lgan ma’lumotlar va
    holatlar haqida to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishi, sudya va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning savollariga
    javob berishi, sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
    Guvoh bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik uchun jinoiy javobgar bo‘ladi, sud tomonidan
    bu haqda ogohlantirilib, tilxat olinadi.
    Hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.
    Qonunga muvofiq kasbiy burchini bajarishi jarayonida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan
    ma’lumotlar va holatlar yuzasidan ko‘rsatuv berishni rad qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga
    nisbatan ko‘rsatuv berish majburiyati tatbiq etilmaydi.
    52-modda. Ekspert
    Xulosa berish uchun fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida zarur maxsus bilimlarga ega
    jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin.
    Davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti,
    boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki o‘zga jismoniy shaxs ekspert sifatida ishtirok etishi
    mumkin.
    Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan
    shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan
    yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
    53-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari
    Ekspert: ekspertiza predmetiga taalluqli ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur
    ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish; joyida ko‘zdan kechirishda ishtirok etish va
    ekspertizani o‘tkazish uchun zarur qo‘shimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi
    haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda
    ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga sudning ruxsati bilan savollar
    berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z xulosasida nafaqat o‘z oldiga qo‘yilgan
    savollar bo‘yicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar
    bo‘yicha ham xulosalarini bayon etish; o‘z xulosasi yoki ko‘rsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar
    va guvohlar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi
    lozim bo‘lgan bayonotlar berish; agar u ma’muriy sud ishi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha
    bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon
    xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan sudning hal qiluv qarorlari, sudyaning harakatlari
    (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar
    (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
    Ekspert: ushbu Kodeksning 
    21 
    va 
    22-moddalarida 
    nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan
    taqdirda, o‘zini o‘zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini
    har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va
    xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sudning chaqiruviga
    binoan kelishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani
    tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertiza o‘tkazilishi munosabati bilan
    o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va
    ish materiallarining but saqlanishini ta’minlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi
    shart.
    Ekspert bila turib noto‘g‘ri xulosa berganlik uchun jinoiy javobgar bo‘ladi.
    Agar ekspert qo‘yilgan savollarni o‘zining maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin
    bo‘lmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning
    yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni to‘ldirib bo‘lmasligiga yoxud fan
    va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo‘yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga


    ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risida asoslantirilgan dalolatnoma tuzadi
    hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Guvohning huquq va majburiyatlari

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish