• 42-modda. Ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish
  • 43-modda. Protsessual huquqiy vorislik
  • -modda. Ishda bir nechta arizachi va javobgarning ishtirok etishi




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    41-modda. Ishda bir nechta arizachi va javobgarning ishtirok etishi
    Talab bir nechta arizachi tomonidan birgalikda yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim
    etilishi mumkin.
    Arizachilar va javobgarlarning har biri boshqa tarafga nisbatan sud protsessida mustaqil
    qatnashadi.
    Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga
    topshirishi mumkin.
    Boshqa javobgarning ishtirokisiz ishni ko‘rish mumkin bo‘lmagan taqdirda, birinchi instansiya
    sudi hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar arizachining roziligi bilan o‘sha javobgarni ishda
    ishtirok etish uchun jalb etadi.
    Agar qonunchilikda ishda boshqa javobgar ishtirokining majburiyligi nazarda tutilgan bo‘lsa,
    sud o‘z tashabbusi bilan shu javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etadi.
    Sud arizachining iltimosnomasi bo‘yicha ham boshqa javobgarni ishda ishtirok etish uchun
    jalb etishga haqli. Boshqa javobgarni ishda ishtirok etishga jalb etish haqida yoki jalb etishni rad
    qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
    Boshqa javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb etilganda ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
    42-modda. Ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish


    Sud ariza (shikoyat) bo‘yicha javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan talab taqdim
    etilganini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daxldor bo‘lmagan javobgarni arizachi
    roziligi bilan daxldor bo‘lgan javobgar bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yishi mumkin.
    Agar arizachi javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi bo‘lmasa, sud arizachining
    roziligi bilan bu shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin.
    Ishga daxldor bo‘lmagan javobgar almashtirilganligi to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
    Ishga daxldor bo‘lmagan javobgar almashtirilganidan so‘ng ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
    43-modda. Protsessual huquqiy vorislik
    Taraflardan biri nizoli yoki sud hujjati bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan
    holda (yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, fuqaroning vafot etishi va majburiyatlardagi shaxslar
    o‘zgarishining boshqa hollarida) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtiradi.
    Huquqiy vorislik ma’muriy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi
    mumkin.
    Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
    Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest
    keltirilishi) mumkin.
    Taraf huquqiy voris bilan almashtirilganidan keyin ma’muriy sud ishlarini yuritish almashtirish
    amalga oshirilgan bosqichning o‘zida davom ettiriladi.
    Huquqiy voris ishga kirishguniga qadar sud protsessida amalga oshirilgan barcha harakatlar
    huquqiy vorisga o‘rnini bo‘shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo‘lgan bo‘lsa, huquqiy
    voris uchun ham shu darajada majburiydir.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ishda bir nechta arizachi va javobgarning ishtirok etishi

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish