• 66-modda. Isbotlash
  • -bob. Dalillar va isbotlash




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    7-bob. Dalillar va isbotlash
    65-modda. Dalillar tushunchasi va ularning turlari


    Ish bo‘yicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan
    faktlar haqidagi ma’lumotlar bo‘lib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arz qilingan
    talablari va e’tirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga
    ega bo‘lgan boshqa holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday ma’lumotlar
    yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari
    (tushuntirishlari), guvohlarning ko‘rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari
    bilan aniqlanadi.
    Qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    66-modda. Isbotlash
    Isbotlash ishni mazmunan ko‘rish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash
    maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iboratdir.
    67-modda. Isbotlash majburiyati
    Agar ushbu Kodeksda ma’muriy ishlar bo‘yicha isbotlash majburiyatlari taqsimlanishining
    boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘z talablariga yoki
    e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan haqiqiy holatlarni isbotlashi kerak.
    Arizachi dalillarni yig‘ishda o‘z imkoniyatlari doirasida ishtirok etishi shart. Arizachi o‘ziga
    yetkazilgan zararning miqdorini isbotlashi shart.
    Isbotlash majburiyati qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashilayotgan
    ma’muriy organlarning va mansabdor shaxslarning zimmasiga yuklatiladi. Ma’muriy organlar va
    mansabdor shaxslar o‘z e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan faktlarni ham tasdiqlashi shart. Mazkur
    shaxslar qaror qabul qilishda, harakatlarni sodir etishda faqat o‘zi tayangan asoslarni keltirishi
    mumkin.
    Agar taraf sud tomonidan talab etilgan dalilni o‘zida ushlab turgan va uni sud tomonidan
    belgilangan muddatda sudning so‘roviga ko‘ra taqdim etmayotgan bo‘lsa, undagi ma’lumotlar
    ushbu tarafning manfaatlariga qarshi qaratilgan deb faraz qilinadi va mazkur taraf tomonidan tan
    olingan deb hisoblanadi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish