• 57-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari
  • 3-§. Sudda vakillik 58-modda. Vakillar orqali ish yuritish
  • 59-modda. Qonuniy vakillik
  • I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    56-modda. Tarjimon
    Tarjima qilish uchun zarur tillarni biladigan hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda
    sud tomonidan tayinlangan shaxs tarjimondir.
    Ma’muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari, garchi tarjima qilish uchun zarur
    tillarni bilsa ham, tarjimon vazifalarini o‘z zimmasiga olishga haqli emas.
    57-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari
    Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish uchun sud majlisi ishtirokchilariga savollar berish; agar
    tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega bo‘lmasa, sud muhokamasida ishtirok etishni rad qilish;
    sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish; tarjima yozuvlarining yozilishi to‘g‘riligi xususida e’tirozlar
    taqdim etish huquqiga ega.
    Tarjimon sudning chaqiruvi bo‘yicha kelishi; tarjimani aniq, to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirishi;
    sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
    Tarjimon bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlik uchun jinoiy javobgar bo‘ladi, sud tomonidan bu
    haqda ogohlantirilib, undan tilxat olinadi.
    3-§. Sudda vakillik
    58-modda. Vakillar orqali ish yuritish


    Sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida berilgan
    vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari va (yoki) ularning vakillari yuritadi.
    Fuqarolar o‘z ishlarini sudda shaxsan o‘zlari va (yoki) vakillari orqali yuritishga haqlidir.
    Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo‘yicha vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum
    qilmaydi.
    59-modda. Qonuniy vakillik
    Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun
    bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka
    olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi.
    Belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim bo‘lgan ish
    bo‘yicha uning vakili sifatida bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulkini qo‘riqlash va boshqarish
    uchun tayinlangan shaxs qatnashadi.
    Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning merosxo‘ri
    ishtirok etishi kerak bo‘lgan ish bo‘yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo‘lsa,
    vasiy yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi merosxo‘rning
    vakili sifatida qatnashadi.
    Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o‘zi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish
    huquqiga ega.
    O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak
    yo‘qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun
    bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar ko‘rib chiqilayotganda uning manfaatlarini
    ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi.
    O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala
    layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko‘rib chiqilayotganda shu
    shaxsning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida
    amalga oshiradi.
    Qonuniy vakillar va vakillar o‘z manfaatlarini ko‘zlab yoki uni vakil qilgan shaxsning
    manfaatlariga zid ravishda protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish