• 45-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar
  • 46-modda. Ishda prokurorning ishtiroki
  • -modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    44-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi
    shaxslar
    Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar birinchi
    instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular arizachining
    barcha huquqlaridan foydalanadilar va uning barcha majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
    Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs ishga
    sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
    45-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan
    uchinchi shaxslar
    Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar
    birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar, agar ish ushbu shaxslarning
    taraflardan biriga nisbatan huquqlari yoki majburiyatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, arizachi
    yoxud javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular tarafning iltimosnomasi bilan yoki sudning
    tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin.
    Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar
    tarafning protsessual huquqlaridan foydalanadi va uning protsessual majburiyatlarini o‘z
    zimmasiga oladi, bundan arz qilingan talabning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, talabdan voz
    kechish, arz qilingan talabni tan olish yoxud kelishuv bitimi tuzish, sud hujjatining majburiy ijro
    etilishini talab qilish huquqi mustasno.
    Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxsni ishda
    ishtirok etishga jalb qilish haqida yoki uni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
    Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs
    ishga sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
    46-modda. Ishda prokurorning ishtiroki
    Prokuror barcha ishlar bo‘yicha sud majlisida ishtirok etishga haqli.
    Prokuror fuqarolar va yuridik shaxslarning, shuningdek jamiyat va davlatning huquqlari va
    qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga
    ega.


    Ariza tumanlararo ma’muriy sudlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent
    shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning
    o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar
    ma’muriy sudlariga esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki
    ularning o‘rinbosarlari tomonidan taqdim etiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasining
    barcha ma’muriy sudlariga ariza taqdim etishga haqli.
    Prokurorning o‘z arizasidan voz kechishi arizachini ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab
    qilish huquqidan mahrum etmaydi.
    Prokuror tomonidan arizachining huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan talabdan
    arizachining voz kechishi arizani ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.
    Qonunda nazarda tutilgan yoki sud mazkur ishda prokuror ishtirok etishi zarur deb topgan
    hollarda erga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarda, shuningdek prokurorning arizasi
    asosida qo‘zg‘atilgan ishlarda prokuror ishtirok etishi shart.
    Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni bo‘yicha fikrini bayon qiladi, bundan uning
    boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir
    arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishlar mustasno.
    Fuqaroning, yuridik shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini ko‘zlab ariza taqdim etgan
    prokuror arizachining huquqlaridan foydalanadi hamda uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi,
    bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish