• 32-modda. Sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari
  • 33-modda. Arizachining tanlovi bo‘yicha sudlovga tegishlilik
  • 34-modda. Ishni bir ma’muriy suddan boshqasiga o‘tkazish
  • I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    2
    3


    31-modda. Harbiy sudlar sudloviga tegishli ishlar
    O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari qonun bilan o‘z vakolatiga kiritilgan ma’muriy ishlarni
    ko‘rib chiqadi.
    32-modda. Sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari
    Fuqaroning yoki yuridik shaxsning arizasi (shikoyati) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi)
    ustidan shikoyat qilinayotgan ma’muriy organ joylashgan yer yoxud mansabdor shaxsning ish joyi
    bo‘yicha sudga taqdim etiladi.
    33-modda. Arizachining tanlovi bo‘yicha sudlovga tegishlilik
    Turli yerlarda joylashgan bir nechta javobgarga nisbatan ariza (shikoyat) arizachining tanlovi
    bo‘yicha javobgarlardan biri joylashgan erdagi sudga taqdim etiladi.
    Yirik investor bo‘lmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’vo arizalari
    (shikoyatlari) javobgar joylashgan erdagi tumanlararo ma’muriy sudga yoki Qoraqalpog‘iston
    Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga taqdim etilishi
    mumkin.
    Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’vo arizalari (shikoyatlari), shuningdek
    tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan da’vo arizalari
    tumanlararo ma’muriy sudga yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin.
    34-modda. Ishni bir ma’muriy suddan boshqasiga o‘tkazish
    Sud tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya etilgan holda qabul qilib olingan ish,
    garchi keyinchalik boshqa ma’muriy sudning sudloviga tegishli bo‘lib qolsa ham, ilgarigi sud
    tomonidan mazmunan ko‘rilishi kerak.
    Sud ishni quyidagi hollarda boshqa ma’muriy sudga o‘tkazadi, agar:
    1) ish sudlovga tegishlilik qoidasini buzgan holda qabul qilinganligi ishni shu sudda ko‘rish
    vaqtida ma’lum bo‘lsa;
    2) bir yoki bir nechta sudya rad qilinganidan keyin ularni mazkur sudda almashtirish mumkin
    bo‘lmay qolsa, shuningdek ishni ushbu sudda ko‘rish mumkin bo‘lmay qolgan boshqa hollarda.
    Ishni boshqa ma’muriy sudda ko‘rishga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
    Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sudda ko‘rish uchun qabul qilib olinishi
    kerak.
    Ma’muriy sudlar o‘rtasida sudlovga tegishlilik to‘g‘risidagi nizolarga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish